Saudiya Arabistoni hududiga Umra ziyorati uchun kirayotgan xorijlik fuqaro talab etilgan vaksinalar bilan emlangan bo‘lib, bu to‘g‘ridagi sertifikatga va 48 soatlik PZR testiga ega bo‘lishi, ziyoratchi o‘zi bilan 30 ta tibbiy niqob olishi (har 4 soatda almashtirish uchun) va Saudiya Arabistonida doimiy tibbiy niqobda yurishi va oraliq masofaga rioya qilishi belgilangan. Ta’kidlash kerakki, tibbiy niqob taqmaganlik uchun 300 AQSH dollari miqdorida jarima belgilangan. Ziyoratchilar Umra safari yakunida Vatanga qaytishdan avval o‘z hisoblaridan Makka shahridagi mehmonxonada PZR test topshirishlari kerak bo‘ladi.