Umra Ziyorati rejalashtirildi

✈️26-noyabr kuni reys rejalashtirilgan . 4 kun Madina shahri, 10 kun Makka shahri ziyorat qilinadi.

Viza, aviachipta, transfer(kutib olish xizmati), mexmonxona, 2 mahal ovqat, tajribali ellikboshilar.

🇸🇦 Eng asosiysi Xalqaro rouming sim/kartasi va Umra ziyoratidan so’ng, xohlovchilar uchun»Turon ilm-fan» o’quv markazida 1 oylik bepul arab tili darslari o’tiladi.

🛩 Toshkent – Jidda
🛩 Jidda – Toshkent

🔴 Shoshiling joylar soni chegaralangan!

☎️Ma’lumot uchun:
+998910053663
+998901336226
+998988880820

Saudiya Arabistonida karantin talablari

Saudiya Arabistoni hududiga Umra ziyorati uchun kirayotgan xorijlik fuqaro talab etilgan vaksinalar bilan emlangan bo‘lib, bu to‘g‘ridagi sertifikatga va 48 soatlik PZR testiga ega bo‘lishi, ziyoratchi o‘zi bilan 30 ta tibbiy niqob olishi (har 4 soatda almashtirish uchun) va Saudiya Arabistonida doimiy tibbiy niqobda yurishi va oraliq masofaga rioya qilishi belgilangan. Ta’kidlash kerakki, tibbiy niqob taqmaganlik uchun 300 AQSH dollari miqdorida jarima belgilangan. Ziyoratchilar Umra safari yakunida Vatanga qaytishdan avval o‘z hisoblaridan Makka shahridagi mehmonxonada PZR test topshirishlari kerak bo‘ladi.

Umra safari uchun navbatlarga yozilish

18 yoshdan katta bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi umra safariga borish uchun o‘zi ro‘yxatda turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan chiqib, umra safari uchun ochilgan maxsus daftarga ro‘yxatga yoziladi va shu haqdagi ma’lumotnomani oladi. Ushbu daftar bo‘yicha navbati kelgan fuqaroni MFY tuman-shaharga tavsiya beradi. So‘ng hududdagi poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Natijalar yaxshi chiqsa, umra uchun belgilangan to‘lov summasini to‘laydi. Shuningdek, xorijga chiqish pasporti, tibbiy ko‘rikdan o‘tgani, vaksina olgani to‘g‘risidagi ma’lumot va sertifikat va to‘lov qog‘ozining nusxasini taqdim qiladi.